Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik sub’ektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

Bundan tashqari, viloyatdagi tog‘li va yerlari sho‘rlangan hududlarda yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlarini ham, 2024 yil 1 yanvarga qadar yuqoridagi soliqlardan ozod qilish hamda foyda solig‘i stavkasini 2 barobarga kamaytirishi kerakligi ta’kidlandi.

Qo‘chqorov, Umurzoqov, Bobolovga bir oy muddatda ushbu imtiyozlar bo‘yicha Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimchalar kiritish va ularni 1 iyuldan qo‘llash to‘g‘risidagi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirig‘i berildi.

Kiritildi: 12:23 02.06.2021. O'qildi: 2523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!