Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryolik erkak o‘zi va yo‘lovchisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Surxondaryolik erkak o‘zi va yo‘lovchisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida joriy yilning 18 aprel kuni soat 05.00larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashagan N.N. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani Toshkent-Termiz yo‘lining 971-km.da haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi I.J. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, Damas avtomashinasi haydovchisi N.N. va uning yo‘lovchisi 25 yoshli A.B.lar jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:35 19.04.2019. O'qildi: 2166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!