Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryolik erkak o‘zi chuv tushirgan tadbirkorning xotinini pichoqladi

Surxondaryolik erkak o‘zi chuv tushirgan tadbirkorning xotinini pichoqladi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida shu yil 26 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon soxili mahallasida yashovchi B.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi R.SH. ismli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, R.SH. kasalxonaga yotqizilib, B.A. ushlangan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida B.A. ayolning turmush o‘rtog‘i, xususiy tadbirkor SH.B.ga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:24 19.04.2019. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!