Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1572-kilometrida harakat xavfsizligi bilan bog‘liq xunuk hodisa sodir bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.
«VAZ-2106» rusumli davlat belgisi 75 YE 482 AA avtomashinasi Qumqo‘rg‘on – Jarqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Matiz rusumli davlat belgisi 75 S 094 JA avtomashinasi harakat yo‘nalishiga chiqib ketdi va to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi hamda «VAZ-2106» rusumli avtomashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Bir yo‘lovchi va «VAZ-2106» rusumli avtomashina haydovchisi tan jrohati bilan shifoxonaga yotqizildi.