Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryodagi to‘yxonada mehmonlar do‘pposlandi

A A A
Surxondaryodagi to‘yxonada mehmonlar do‘pposlandi

2021 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 14:00lar chamasida, Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida joylashgan “Shaxronbek” to‘yxonasida, tumanning “Yo‘lchi” mahallasida yashovchilar: T.S., T.O‘. hamda O‘.E.lar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda, Boysun tumanidan kelgan mehmonlarni hech bir sababsiz qo‘llari bilan urib, ularga yengil tan jarohati yetkazishgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining yozishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, ya’ni bezorilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 11:53 12.03.2021. O'qildi: 3267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik