Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryodagi kasb-hunar kollejida «o‘lik ishchilarga» 221,8 mln. so‘m ish haqi to‘langani aniqlandi

Surxondaryodagi kasb-hunar kollejida «o‘lik ishchilarga» 221,8 mln. so‘m ish haqi to‘langani aniqlandi

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi SH.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m undirilishi ta’minlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan SH.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:18 14.04.2019. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!