Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda qo‘shmachilikda ayblangan ayollardan birining jazosi nega almashtirildi?

Surxondaryoda qo‘shmachilikda ayblangan ayollardan birining jazosi nega almashtirildi?

Joriy yilning 24 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining ochiq sud majlisida A.Niyozov hamda N.Ashirovalarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 131-moddasida nazarda tutilgan ya’ni qo‘shmachilik qilish yoki foxishaxona saqlash jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan.
A.Niyozovga nisbatan har oylik ish xaqidan 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga undirish yo‘li bilan 2 yil muddatda ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. N.Ashirovaga esa eng kam oylik ish haqining 35 barobari miqdorida, ya’ni 7 095 550 so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Sud qarori ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosining Oltinsoy tuman bo‘limiga yuborildi.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.
N.Ashirova belgilangan qarzdorlikni bartaraf etmaganligi va undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki mavjud emasligi sababli joriy yilning 6 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudiga davlat ijrochisi tomonidan Jinoyat Kodeksining 44-moddasiga asosan ushbu jazoni boshqa jazo turiga almashtirish to‘g‘risida taqdimnoma bilan chiqildi.
Shu kunining o‘zida Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudi tomonidan tumanning Mo‘minqul mahallasida joylashgan 19-sonli umum ta’lim maktabida sayyor sud ko‘rilib, ko‘rilgan sud jarayonida Majburiy ijro byurosining Oltinsoy tuman bo‘limining taqdimnomasi qanoatlantirilib, qarzdor fuqaro N.Ashirovaga nisbatan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i 2006 yilda vafot etganligini hamda yolg‘iz ona ekanligini inobatga olib, 2 oy 1 kun muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga almashtirildi.
N.Ashirovaga nisbatan sutkaning kech soat 21:00 dan ertalab soat 07:00 ga qadar tumanning Mingchinor mahallasida joylashgan yashash joyidan chiqishi cheklandi.

Kiritildi: 15:46 10.05.2019. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!