Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda poyezdning bo‘sh vagonlaridan 1112,57 g “opiy” giyohvandlik moddasi topildi

Surxondaryoda poyezdning bo‘sh vagonlaridan 1112,57 g “opiy” giyohvandlik moddasi topildi

Yurtimizga turli yashirin va noqonuniy yo‘llar orqali zahri qotil – giyohvandlik vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“Karat” laqabli xizmat iti yordamida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, poyezdning bo‘sh vagonlaridan birida og‘irligi 1112,57 grammni tashkil etuvchi “opiy” giyohvandlik  vositasi yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Kiritildi: 12:32 27.12.2019. O'qildi: 2511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!