Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda paxta terimi boshlandi

A A A
Surxondaryoda paxta terimi boshlandi

Buning uchun 1 277 ta otryad jalb qilingan.

Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi mavsumi start oldi. Bu haqida UzA axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, terim ishlariga 1 277 ta otryad jalb qilingan.

Paxta xomashyosi qabul shoxobchalariga o‘z vaqtida yetkazilishi uchun 1 010 ta traktor va 1 965 ta tirkama biriktirilgan.

Bundan tashqari, jarayon samaradorligini oshirish maqsadida xorijdan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinasi olib kelindi.

Kiritildi: 19:09 28.08.2025. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik