Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda ona chaqalog‘ini qopga o‘rab, mehribonlik uyi ostonasiga tashlab ketdi

Surxondaryoda ona chaqalog‘ini qopga o‘rab, mehribonlik uyi ostonasiga tashlab ketdi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qopga solib, mehribonlik uyi ostonasida qoldirib ketdi. Post-patrul xizmati xodimi ushbu chaqaloqni topib oladi. Bu haqda “qalampir.uz” xabar berdi.

Chaqaloq joriy yilning 27 sentyabr kuni Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyi darvozasi oldida qoldirilgan. Shu hudud faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimi ertalab soat 6:00 larda darvoza tagidagi qopdan chaqaloqni topib oladi va darhol tez tibbiy yordamga xabar beradi. 

Shundan so‘ng tez yordam xodimlari kelib, chaqaloqni viloyat perinatal markaziga olib ketgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani, unga vaqtida yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda. 

Post-patrul xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra,  hozircha chaqaloqni kim tashlab ketgani ma’lum emas. Voqea joyiga yetib borgan tezkor tergov guruhi surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

“Chaqaloqni kim tashlab ketgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi PPX xodimi Sarvar Qurbonov.

Kiritildi: 17:51 29.09.2020. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!