Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda kurash majmuasi tomining yarmi qulab tushdi

Surxondaryoda kurash majmuasi tomining yarmi qulab tushdi

Termizdagi «Alpomish» kurash majmuasi binosi tomining qariyb yarmi favqulodda vaziyat tufayli qulab tushdi. Qurilish vazirligi buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelganini ma’lum qildi.

5 may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi «Alpomish» kurash majmuasi binosining tom qismi qulab tushdi. Qurilish vazirligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat tufayli hozirgi vaqtda kurash zali tomining yarmi — taxminan -1700 m. kv. buzilib, yerga qulab tushgan. Uning umumiy maydoni -2800 m. kvga teng. Buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan.

Ma’lumot uchun, kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, «Kislovodsk» tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydanilgan. Bino 1999 yilda qurilgan.

Kiritildi: 13:22 08.05.2022. O'qildi: 2694 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!