Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda harbiylar murakkab vazifalarni bajarish ko‘nikmasini oshirmoqda

Surxondaryoda harbiylar murakkab vazifalarni bajarish ko‘nikmasini oshirmoqda

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida joylashgan dala-o‘quv maydonlarining birida kechgan amaliy mashg‘ulotlar jarayoni zamonaviy jang uslublari negizida boshlandi. Erta tongdan “Yig‘in!” signali berilgach, harbiy xizmatchilar poligon tomon yo‘l olishdi.

Bo‘linmalarning jipsligini yanada mustahkamlash, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar tog‘ tayyorgarligiga oid bilim va malakalarini mustahkamlashdi.

Shaxsiy tarkibning tog‘ tayyorgarligiga oid ko‘nikmalarini tobora mustahkamlab borishni ta’minlaydigan o‘quv nuqtasida guruh shaxsiy tarkibi tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib tog‘li to‘siqlarga chiqish, tushish, jangovar pozisiyani egallash mashqlarini amalda bajarishdi. Bu jarayonda shaxsiy tarkib taktik harakatlanib, yon atrofni kuzatish uchun dozorlar qo‘ydi, shu orqali ehtimoliy xavfning oldi olindi.

E’tirof etish lozimki, guruh shaxsiy tarkibi taktik harakatlanishning turli usullarini real vaziyatga yaqinlashtirilgan mashqlar orqali o‘rganishdi. Bunday yondashuv esa bugungi ehtimoliy vaziyatlarda jang olib borishning eng ustuvor tomonlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.

Shaxsiy tarkib tog‘ va cho‘l sharoitida jangovar vazifani bajarish, har qanday tog‘ to‘siqlarini yengib, jismoniy ko‘nikmasini yana bir karra oshirdi. Ularning professional tayyorgarliklarni qanchalar o‘zlashtirgani, mahorat va malakaga ega ekanliklari bo‘linma komandirlari tomonidan diqqat bilan kuzatib borildi.

Mashg‘ulotlarning o‘ziga xos murakkabliklari bor. O‘tgan vaqt mobaynida mashqlarda toblangan yurt posbonlari bu gal ham vazifani to‘laqonli bajarishdi.

 

Kiritildi: 16:09 23.10.2019. O'qildi: 1710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!