Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda fuqaro maktab tanqid qilingan materialni olib tashlash uchun 500 dollar so‘radi

Surxondaryoda fuqaro maktab tanqid qilingan materialni olib tashlash uchun 500 dollar so‘radi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi, DXX Denov shahar bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro A.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasida yashovchi S.SH. Denov tumanidagi 79-sonli o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yuzasidan tayyorlangan asossiz tanqidiy materiallarni “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Surxondaryo va Surxondaryoliklar” kanaliga joylashtirib, ariza muallifi A.X.dan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqdan olib tashlash evaziga 500 AQSh dollari berishini talab qilib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 500 AQSh dollarini jiyani E.SH. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 01.11.2022 yilda Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan S.SH. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Denov tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:09 02.11.2022. O'qildi: 2026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!