Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda fojia: ikki erkak halok bo‘ldi, bittasi kasalxonada

Surxondaryoda fojia: ikki erkak halok bo‘ldi, bittasi kasalxonada

Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 04:30 larda, Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, To‘da MFY hududidan o‘tuvchi  4R-105 avtomobil yo‘lining 19-kilometrida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.O. “Lasetti” rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan vaqtida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli S.O. va “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli A.I. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 31 yoshli N.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:40 13.10.2020. O'qildi: 4270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!