Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi

Surxondaryoda 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 mlrd so‘mga ta’mirlanadi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan ko‘prikni ta’mirlashga 9,6 mlrd so‘m sarflanadi. Bu haqda Qumqo‘rg‘on tumani 340-yo‘l bo‘limi boshlig‘i Husan Rahimov “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prikning bunday ahvolga kelib qolishiga, kuchli sel va tabiiy hodisalar sabab bo‘lgan. Ko‘prikni lisenziyaga ega bo‘lgan “Bahrom Universal” MCHJ qurgan. 

"Hozirgi kunda ushbu ko‘prikni qayta rekonstruksiya, ya’ni ta’mirlash uchun 9,6 milliard so‘m ajratilgan. Ushbu qurilish ishlari Surxondaryo viloyatida yaxshi bir tajriba ega bo‘lgan “Xushboq-Ali-Angor” MCHJ quruvchisi tomonidan amalga oshirilyapti. Tabiiy ofatning hisobiga ko‘prik mana shunday holatga kelib qolgan”, - dedi Rahimov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 metr bo‘lgan “Polvontosh” selgasi ustidagi ko‘prikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga cho‘kishi va ustki plitalari qulashi natijasida 1 yilu 7 oy o‘tib ko‘prik yaroqsiz holatga kelib qolgani xabar qilingan edi. 

Viloyat prokuraturasi  pudratchi korxona tomonidan ushbu ko‘prik qurilish jarayonida 34 mln. so‘mlik ishlar bajarilmaganini ma’lum qilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan  Termiz transport prokuraturasi tomonidan oldinroq tekshirish o‘tkazish boshlangan, lekin pandemiya vaqtida kiritilgan cheklovlar tufayli 18 iyun kuni kuni jinoyat ishi bekor qilingan edi.  Ushbu qaror 29 sentyabrda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:39 04.10.2020. O'qildi: 2746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!