Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda 3 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 3 kg narkotik moddalar musodara qilindi

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

1.Jumladan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u kelgusida sotish maqsadida 1 kg 7 gr “opiy” va 998 gr “gashish” moddalarini saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2.Mazkur tumanda kuzatilgan boshqa holatda esa 1986 va 1966 yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan 2 nafar fuqaro 491 gr “gashish” moddasini shartli xaridorga 85 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

3.Bu kabi holat viloyat markazida ham qayd etilib, 2003 y.t. Afg‘oniston fuqarosi “Termiz xalqaro savdo markazi” hududida 506 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 2500 AQSh dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositasini yashirin tarzda olib kelishda o‘z ichki organidan “jonli konteyner” sifatida foydalangan.

Hozirda har uchala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!