Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Urunov Bahodir Ibatovich – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B. Urunov 1974 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – kimyo.

Mehnat faoliyati davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda Tabiat resurslari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 23:17 08.07.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!