Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Suriyalik qochqinlarning lagerini suv bosdi

Suriyalik qochqinlarning lagerini suv bosdi

Liviyada yuz bergan kuchli bo‘rondan so‘ng suriyalik qochqinlarning lagerlari yanada qiyin ahvolda qolgan: kuchli shamol chodirlarni parchalab tashlagan, yomg‘ir va qor tufayli lagerlarni suv bosgan.

BMTning Livandagi gumanitar koordinatori Filipp Lazzarini bo‘rondan keyin ko‘pgina qochqinlarni boshqa joylarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.

Biz qochqinlarni vaqtinchalik boshqa tumanlarga ko‘chirdik. Ba’zi lagerlarni butkul suv bosgan. Tashqarida havo sovuq, haqiqiy qish. Qochqinlar turib qolgan sharoitga chidab bo‘lmaydi , dedi u.

Ustiga-ustak, qochqinlarga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ yetarli emas.

Hozir Livanda 900 ming suriyalik qochqin bor. O‘tgan yili atigi 16 ming suriyalik vataniga qaytdi.

Kiritildi: 11:40 12.01.2019. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!