Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib yurgan andijonlik erkak qidirilmoqda

Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib yurgan andijonlik erkak qidirilmoqda

Terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan andijonlik fuqaro qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Dilshod Abdullayev 1982 yil Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyaga boradi va “Javhad an nusra” xalqaro terroristik tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Tavhid va jihod katibasi” guruhining g‘oyaviy yetakchilari ta’siriga tushib qoladi. Ushbu tashkilot g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab, Janubiy Koreyadan Turkiyaga, u yerdan Suriyaga o‘tib, terrorchilik tashkiloti tarkibida faol jangovar harakatlarda qatnashib kelgan.

Dilshod Abdullayev hozirda ham jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani aniqlangan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida unga nisbatan 2023 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Kiritildi: 22:47 28.03.2024. O'qildi: 1773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!