Suriya Moliya vazirligi favqulodda chora sifatida vazirliklarni ma’muriy qayta qurishni tugatgandan so‘ng, kelgusi oyda davlat sektori xodimlarining ish haqini 400 foizga oshirishga qaror qildi.
Ish haqini oshirish hukumatning mavjud resurslari, shuningdek, mintaqaviy yordam, sarmoya va Suriyaning xorijdagi aktivlarini muzlatishga qaratilgan sa’y-harakatlar hisobidan moliyalashtiriladi. Rasmiylar buning uchun taxminan 127 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Suriyaning yangi hukumati moliya vaziri Muhammad Abazid Reuters agentligiga bergan intervyusida “Bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni hal qilish yo‘lidagi birinchi qadamdir”, dedi va davlat xizmatchilarining bu oy uchun maoshlari shu hafta to‘lanishini qo‘shimcha qildi.