Suriya inson huquqlari qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan oyda mamlakatda 887 kishi o‘ldirilgan. Ularning ko‘pchiligi Asad hukumati qo‘lida halok bo‘lgan. Hukumat 684 kishining umriga zomin bo‘lgan.
Qo‘mita bergan bayonotga ko‘ra, Asad hukumatiga havo hujumlari orqali yordam bergan Rossiya harbiylari qo‘lida 6 mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan.
Shuningdek, 11 kishi PKK terrorchi guruhi, 85 kishi ISHID jangarilari, 10 kishi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya tomonidan o‘ldirilgan.
Bundan tashqari, muxolifat kuchlari 9 kishini, Asad hukumatiga qarshi Shomni ozod qilish guruhi2 kishini o‘ldirgan. 79 kishini qaysi tomon o‘ldirgani majhul bo‘lib qolmoqda.
Qo‘mita bergan bayonotda, 547 nafar bolalar va ayollar qiynoqlar ta’sirida vafot etgan.
Bayonotda 2018 yil boshidan beri 693 kishi qiynoqqa solish jarayonida vafot etgani aytiladi. Ularning 675 tasi Asad hukumati qo‘lida o‘lim topgan.
Suriyada inqiroz boshlangandan 2011 yil avgustdan joriy yil iyul oyi yakunigacha 13 ming 692 kishi azoblab o‘ldirilgan.
Manba: azon.uz