Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Suriyada ISHID terrorchilari so‘nggi urushga ayollar va bolalarni yubordi

Suriyada ISHID terrorchilari so‘nggi urushga ayollar va bolalarni yubordi

ISHID terrorchilari Suriyadagi Deyr-ez-Zor viloyatidagi ayollar va bolalarni so‘nggi tayanch uchun jangga yubordi. Bu haqda Al-Masdar News ga tayanib Daryo xabar qilmoqda.

Jihodchilar yuzga yaqin ayol va bolalarni pana qilib, Bog‘uzdagi Suriya Demokratik kuchlariga hujum qildi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, SDK 18 mart, dushanba kuni bir necha jangchilarni yo‘qotgandan keyin taslim bo‘ldi. Jangchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ayollar tomonidan hujumga uchragan. Manbaga ko‘ra, bundan oldin ISHID harbiy harakatlarida ayollar va bolalar qatnashmagan.

Suriya demokratik kuchlari Bog‘uz yaqinidagi ISHID qoldiqlariga hujum qilmoqda. SDK matbuot markazining boshlig‘i Mustafo Bali jihodchilarning ommaviy ravishda taslim bo‘layotganini ma’lum qildi: bir kun ichida uch ming terrorchi qurol tashladi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:45 20.03.2019. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!