Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Suriyada 2 million bola maktabga bora olmayapti

A A A
Suriyada 2 million bola maktabga bora olmayapti

Suriya rasmiylari 4 million bolaning maktablarda yangi o‘quv yilini boshlaganini aytmoqda. Ammo yetti yildan beri davom etayotgan urush va vayronagarchiliklar sabab millionlab suriyalik bola ta’lim olishdan mahrumligicha qolmoqda. 

DW xabariga ko‘ra, Suriya Xalq ta’limi vaziri Xazzan al-Vaz oxirgi ikki oyda 400 maktab ta’mirlanganini aytgan. Biroq YUNISEF vakillarining ta’kidlashicha, urush hamon davom etmoqda va bu bolalarga ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti. Suriyada 2 million bola haligacha ta’lim olish imkoniyatdan mahrumligicha qolmoqda, har uch maktabdan biri ishlamayapti, taxminan 180 ming o‘qituvchi ishini talab ketgan.

Ustiga-ustak, urushning qachon tugashi va siyosiy barqarorlik qachon o‘rnatilishi mavhum bo‘lib qolayotgani uchun donorlar ajratiladigan mablag‘larning qanchalik samarali ishlatilishiga shubha qilmoqda. Bu esa yordamlar miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:46 09.09.2018. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik