Suriya o‘tish davri hukumatidagi tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan al-Shiboniy Qatar rahbariyati bilan Damashqdan sankwiyalarni olib tashlash masalasini muhokama qildi.
Bu haqda u Qatar hukumati rahbari, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani bilan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
"Bu nafaqat tinch bosqich, biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, bu mintaqadagi barcha mamlakatlardan halollik va hamkorlikni talab qiladigan murakkab davrdir Suriya xalqi AQShdan bu sanksiyalarni bekor qilishini yana bir bor talab qilamiz" - dedi al-Shiboniy.