Amerikaning The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Suriyaning Isroil bilan chegaradosh qishloqlari aholisi yahudiy davlati harbiylarining bostirib kirishidan norozi. Ular "uzoq davom etgan Isroil bosqinidan" qo‘rqib, norozilik namoyishlari uyushtirmoqda, deb yozadi "TASS".
OAV xabarlariga ko‘ra, chegara zonasidagi ba’zi suriyalik qishloqlar arab respublikasida hokimiyat almashganidan so‘ng Suriya hududiga kirgan Isroil qo‘shinlariga taslim bo‘lishdan bosh tortmoqda. Ularning vakillari hokimiyatni faqat yangi hukumat kuchlariga topshirishlarini aytishmoqda. Xususan, to‘qnashuvlar vaqtida kamida bir kishi halok bo‘lgan Maaria qishlog‘ida norozilik namoyishlari boshlandi.
Gazetaning yozishicha, Qunaytra viloyatidagi sakkiz qishloq boshliqlari umumiy bayonotga imzo chekib, Isroil harbiylarining o‘z hududlarini tark etishini talab qilgan. Gazetaning yozishicha, mahalliy aholi Isroilning hududda mavjudligi ularning harakatlanishi va oziq-ovqat, suv va elektr energiyasi kabi asosiy ehtiyojlardan foydalanishini cheklab qo‘yganidan norozi.