Suriya kurd xavfsizlik kuchlari Damashq bilan tuzilgan kelishuvni amalga oshirish arafasida mamlakatning shimoli-sharqidagi ikki shaharda kelasi hafta boshidan komendantlik soati joriy etilishini ma’lum qildi.
Kurdlar yetakchisi Mazlum Abdiyning aytishicha, kelishuv dushanba kuni kuchga kiradi va unga muvofiq kurd harbiy hamda fuqarolik tuzilmalari davlat tizimiga integrasiya qilinadi. Shuningdek, tomonlar front chiziqlaridan orqaga chekinishni boshlaydi.