Suriya tashqi ishlar vaziri Asad al-Shayboniy kecha, 15 yanvar kuni mamlakatdagi xavfsizlik holati yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Suriya bazalariga bir necha bor hujum uyushtirgan. Shu munosabat bilan Suriya Isroilga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga majbur.
"Biz o‘z xalqimiz va vatanimiz manfaatlarini himoya qilish uchun barcha qonuniy huquqlarga egamiz. Suriya yaqin qo‘shnilariga tahdid qilishni istamaydi, biroq u o‘z xavfsizligini ta’minlashga majbur", degan Asad al-Shayboniy.
Suriya rahbariyati xalqaro hamjamiyat va BMTga murojaat qilib, Isroil o‘z qo‘shinlarini Suriya hududlaridan olib chiqib ketishini talab qildi. Shuningdek, Isroilning oldingi hujumlari Eron, Hizbulloh va Asad hukumati bilan bog‘langan bahonalarga asoslanganini qo‘shimcha qilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, Isroil ayni paytda bunday vajlardan voz kechib, Suriyaning suvereniteti va mustaqilligini hurmat qilishi kerak.