Suriya hukumati harbiy vertolyotlari muxolifat qo‘l ostida bo‘lgan Idlib viloyati aholisiga o‘lim bilan tahdid qilingan varaqalarni uloqtirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, varaqalar Sarmado shahri, Rom Hamadon qishlog‘i va Kamuna lageriga tashlangan, deyiladi TRT xabarida.
Ularda shunday so‘zlari yozilgan: “Yo‘lingni tanla… Ey qurol ushlagan kishi, seni nima kutmoqda? Seni urush ichiga otganlar yordam bermaydi… ular mehmonxonalarda dollarlarni olib yotishibdi. Senchi, ehson evaziga yashayapsan. Oxirgi fursatdan foydalan. Qurolingni topshir. Hayotingni tikla”.
manba: azon.uz