Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ma’lum

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ma’lum

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar ma’lum bo‘ldi.

Ro‘yxatdan "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiyev, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, OKMK murabbiyi Mirjalol Qosimov, "Navbahor" ustozi Timur Kapadze va "Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov joy oldi.

Sentyabr oyida Kamoliddin Tojiyev boshchiligidagi "Paxtakor" 3 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa 8 ta gol urib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Ro‘ziqul Berdiyevning "Nasaf"i ham oy davomida 3 ta uchrashuvda 3 ta g‘alaba qayd etdi. Qarshiliklar 13 ta gol urib, 3 ta gol o‘tkazdi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK 3 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar farqi — 4:4.

Timur Kapadze murabbiyligidagi "Navbahor" 3 ta bahsda 2 ta g‘alaba va 1 ta durangga erishdi. Namanganliklarning to‘plar farqi — 8:4.

Anvar G‘ofurov boshchiligidagi "Surxon" esa sentyabr oyida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar farqi — 3:3.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!