O‘zbekistonda 2025 yilgi yangi futbol mavsumi qachondan start olishi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida 2025 yilgi musobaqalar ishchi taqvimi joylashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra Superliga yangi mavsumi 7 mart kunidan start olishi belgilangan. Xususan, 1-tur uchrashuvlari 7-8-9 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2-tur o‘yinlari 14-15-16 martda o‘tkazilsa, FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi 20 mart (Qirg‘iziston) va 25 mart (Eron) kunlari o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi bois, 3-tur bahslari 27-30 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu mavsumda Superliga o‘yinlari asosan dam olish kunlari – shanba va yakshanbaga belgilangan.
Superliga-2025 bahslariga fevral oyi boshida qur’a tashlanishi kutilmoqda.
Superliga-2025 1-davra tur o‘yinlari sanasi:
1-tur – 7-8-9 mart
2-tur – 14-15-16 mart
3-tur – 27-28-29-30 mart
4-tur – 4-5-6 aprel
5-tur – 11-12-13 aprel
6-tur – 18-19-20 aprel
7-tur – 25-26-27 aprel
8-tur – 2-3-4 may
9-tur – 9-10-11 may
10-tur – 16-17-18 may
11-tur – 23-24-25 may
12-tur – 30-31 may va 1 iyun
13-tur – 12-13-14-15 iyun.