Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Superklub Vinisiusni "Real"dan 120 million yevroga sotib olmoqchi

Superklub Vinisiusni "Real"dan 120 million yevroga sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni jamoaning asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur "Hooligan Soccer" portaliga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» braziliyalik futbolchi uchun taxminan 120 million yevro (137 million dollar) miqdorida rasmiy taklif tayyorlagan. Ushbu taklif yaqin haftalar ichida madridliklarga yuborilishi mumkin.

Hozircha Vinisius «Real» bilan 2027 yil yozigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Ta’kidlanishicha, klub rahbariyati hujumchining Kilian Mbappening maoshiga teng miqdorda maosh olish haqidagi talabini qondirish niyatida emas.

Kiritildi: 18:16 03.07.2026. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik