Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Super kontrakt» asosida o‘qishga kiritishni va’da bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

«Super kontrakt» asosida o‘qishga kiritishni va’da bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

«Super kontrakt» asosida o‘qishga kiritishni va’da bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar qiladi, IIBB matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, 8 avgust kuni Yakkasaroy tuman IIO FMBga Qashqadaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli Aynovat K.V. muqaddam sudlangan 64 yoshli Ibodulla E va Tog‘aymurot E larga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

2017 yil yoz faslida Ibodulla va Tog‘aymurotlar da’vogarni qizi, Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kira olmagan 31 yoshli Nafosat K ni Chirchiq pedagogika universitetiga “super kontrakt” asosida o‘qishga  kiritish bo‘yicha yordam berishni taklif qilishdi. Buning uchun ular Aynavotdan 3.400 AQSh dollari so‘rashgan. Ayol Ibodulla va Tog‘aymurodlarga ishonib, 2017 yil  26 avgustdan 20 sentyabr kuniga qadar Shayxontoxur tumanidagi “Labzak” mehmonxonasi oldida ularga kelishilgan mablag‘ni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan.   

Tergov jarayonida Ibodulla E va Tog‘aymurot E kuz faslida Qashqadaryo viloyatida yashovchi 56 yoshli Nuriddin A ga ham shunga o‘xshash taklif bildirishgan.

23 yoshli o‘g‘li Ortiq A.ni Chirchiq pedagogika universitetiga “super-kontrakt” asosida o‘qishga kiritishga yordam bermoqchi bo‘lgan  Ibodulla va Tog‘aymurotlarga ishongan Nuriddin 3100 AQSh dollarini 2017 yil sentyabr-oktyabr oylari mobaynida Yakkasaroy tumanidagi Bobur istirohat bog‘i  oldida ularga pulni berib yuborganligi aniqlandi.

Ammo ikkala sherik va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun  ishlatib yuborishgan.  Hozirda ikkala holat  bo‘yicha O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.

 

 

Kiritildi: 07:30 15.08.2019. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!