Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

So‘ngi 10 yilda respublikada olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan. Iqtisodiy zarar 84 mlrd so‘mni tashkil etgan

So‘ngi 10 yilda respublikada olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan. Iqtisodiy zarar 84 mlrd so‘mni tashkil etgan

AOKAda Favqulodda vaziyatlar, Qurilish vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda zilzila, sel, toshqinlar kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, seysmik holatni baholash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungacha magnitudasi M= 2.8-6.8 bo‘lgan 250 dan ortiq zilzila qayd etilgan.

O‘zbekiston geologik joylashuviga ko‘ra, O‘rtayer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylashgan. 1900 yildan shu kunga qadar 60 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan) zilzilalar sodir bo‘lgan.

So‘ngi 10 yilda yuz bergan 6-8 balli oltita zilzilada jami 16 kishi qurbon bo‘lgan, 54 kishi jabrlangan.

Kiritildi: 12:38 25.03.2023. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!