Forbes jurnali o‘n yillikning, ya’ni 2010 yildan 2020 yilga qadar bo‘lgan oraliqda muvaffaqiyatga erishgan eng boy, milliarder insonlar o‘nligini e’lon qildi. Jurnal talqiniga ko‘ra, reytingni Amazon asoschisi Jeff Bezos boshqarmoqda, u 2010 yildan beri jami 97,4 milliard dollarga boyigan.
1-o‘rin. Amazon asoschisi Jeff Bezos – 97,4 milliard AQSh dollar
2-o‘rin. Dior va Louis Vuitton egasi Bernar Arno – 80,2 milliard dollar
3-o‘rin. Facebook asoschisi Mark Sukerberg – 68 milliard dollar
4-o‘rin. Microsoft asosochisi Bill Geyts – 54,6 milliard dollar
5-o‘rin. Inditex kompaniyasiga yaratuvchisi Amansio Ortega – 49,9 milliard dollar
6-o‘rin. Google asoschilaridan biri Larri Peyj – 43,5 milliard dollar
7-o‘rin. Berkshiri Hathaway fondi rahbari va investori Uorren Baffet – 41,8 milliard dollar
8-o‘rin. Microsoft korporasiyasining sobiq bosh direktori Stiv Balmer – 41,8 milliard dollar
9-o‘rin. Google asoschilaridan biri hisoblanuvchi Sergey Brin – 41,3 milliard dollar
10-o‘rin. Alibaba Group asoschisi va direktorlar kengashi raisi Jek Ma – 40,8 milliard dollar.