O‘zbekistonda UzAuto Motors dan tashqari bir nechta xorijiy dilerlik markazlari mavjud. Shular orasida Kia, Lada va Hyundai brendlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Xo‘sh, nomlari sanalgan avto ishlab chiqvaruvchilar avtomobillari so‘nggi yil ichida qanchaga qimmatlashdi?
Creta rusumining narxi 2020 yilning may oyida 245 mln so‘mni tashkil qilgan, 20 oy o‘tib, bu narx 330 mln so‘mga yetdi (85 mln so‘mga qimmatlashgan). Sonata narxidagi o‘sish biroz kamroq, ya’ni u 68 mln so‘mga qimmatlashgan va hozir 402 mln so‘mni tashkil etmoqda, mayda u 334 mln so‘m edi. Keyingi o‘rinda 57 mln so‘mga qimmatlagan Santa Fe modeli turibdi (avvalgi narxi 595 mln so‘m, hozirgisi esa 652 mln).
Lada
Rossiya ishlab chiqaruvchisi ham ortda qolmadi va narx-navo borasida plankani ko‘tardi. 2020 yilning mayida Niva Legend rusumli avtomobilni 118 mln so‘mga xarid qilish mumkin bo‘lgan, hozirgi paytda esa uning narxi 162 mln, ya’ni 44 mln.ga qimmatlashgan. Vesta SW Cross 136 mln so‘m edi, ayni paytda uning narxi — 167 mln so‘m (31 mln so‘mga qimmatlashgan). 159 mln so‘m turgan X-Ray Cross narxi bugungi kunda 184 mln so‘mga yetgan (uning narxi 25 mln so‘mga oshgan).
Kia
Janubiy Koreyaning Kia brendi avtomobillari 2021 yil avgustida hozirga qaraganda bir necha o‘n millionga arzonroq edi. Masalan, Prestige komplektasiyasidagi K5 narxi mayda 293 mln so‘mga teng edi, hozir esa uni 377 mln so‘mga xarid qilishmoqda (narxdagi o‘sish - 84 mln so‘m). O‘zbekistondagi Kia brendining eng qimmat ulovi (Stinger) o‘tgan yilning avgustida 650 mln.ga baholangan, biroq yanvarga kelib naqd 70 mln so‘mga qimmatlashdi, uni 720 mln so‘mga xarid qilish mumkin.
Carnival miniveni narxi 500 mln so‘m edi, hozir esa 560 mln.ga yetgan (60 mln so‘mga qimmatlashgan). Prestige komplektasiyasidagi Seltos krossoveri o‘tgan yil avgustida 317 mln so‘m bo‘lgan, biroq u ham qimmatlashmay qolmadi. Uning narxi , 28 mln.ga oshdi va hozir 335 mln.ni tashkil etmoqda.
Avvalroq biz Kia O‘zbekistonda K5 va Seltos modellari narxini oshirgani haqida xabar bergan edik.