Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdoni 7 barobar oshirdi

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdoni 7 barobar oshirdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi so‘nggi 5 yillik iqtisodiy aloqalarini tahlil qildi.

Hisobot davrida savdo aylanmasi 2019 yildagi 1,9 million dollardan 13,8 million dollarga, ya’ni 7 barobar oshdi. O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 1,5 million dollardan 10,2 million dollargacha – 6,8 barobar, Mo‘g‘ulistondan import hajmi esa 519,04 ming dollardan 3,61 million dollarga yetib, 6,9 barobar ko‘paydi.

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdoni 7 barobar oshirdi

Mamlakatimiz eksporti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik jonivor – $3,26 million (jami eksport miqdorining 23 foizi), mashina va transport uskunalari – $5,9 million (43 foiz) va turli tayyor mahsulotlar – $0,24 million (1,7 foiz), xizmatlar – $0,59 million (4,2 foiz) ustunlik qiladi.

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdoni 7 barobar oshirdi

Hamkor davlatdan importi ro‘yxatida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik jonivor – 3,5 million dollar (jami miqdorning 97 foizi), hayvon va o‘simlik moyi – 40,4 ming dollar (2,1 foiz), sanoat mahsulotlari – 35,01 ming dollar (0,97 foiz), kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar –13,01 ming dollar (0,97 foiz) qayd etildgan.

2019-2023 yillar davomida yalpi ichki mahsulot Mo‘g‘ulistonda 4,1 foiz, O‘zbekistonda esa 5 foiz o‘sgan.

Kiritildi: 16:26 24.06.2024. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!