Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

So‘nggi 14 kunda aholi orasida qancha odam koronavirusga chalindi?

So‘nggi 14 kunda aholi orasida qancha odam koronavirusga chalindi?

So‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari (47%) — aholi orasidan, 525 nafari (53%) — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 49 117 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ularning 26 794 nafari — uy sharoitida, 22 323 nafari — stasionar sharoitda karantinga olingan.

Respublika bo‘yicha 45 ta PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) laboratoriya kompleksida ish samaradorligi yuqori quvvatga ega, ekspress usulda ishlaydigan 75 ta PZR jihozlari kunu-tun ishlamoqda va bu jarayonga 137 nafar tajribali vrach-virusolog jalb qilingan.

Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda — 18 655ta, epid mavsum davomida — 748 555ta test sinovi o‘tkazildi.

Kiritildi: 13:30 05.06.2020. O'qildi: 2971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!