Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Sukerberg va uning rafiqasi zo‘ravonlik va firibgarlikda ayblanmoqda

Sukerberg va uning rafiqasi zo‘ravonlik va firibgarlikda ayblanmoqda

Facebook bosh direktori Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan ikki sobiq xodim tomonidan zo‘ravonlik va kamsitishda ayblangan. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, er-xotin va ularning oilaviy shirkatlariga qarshi da’volar 20 sentyabr kuni boshlangan, biroq ular haqida faqat 26 oktyabr, seshanba kuni ma’lum bo‘lgan.

Hujjatlarga ko‘ra, oilaviy idora o‘z xodimlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik va kamsitish uchun javobgardir. Ikkala sud jarayonida ham Chan va Sukerberg ayblanuvchi sifatida, jumladan, ish haqini to‘lamaganlikda ayblangan.

Da’vogarlar "uy boshqaruvchisi" bo‘lgan Jon Dou va xavfsizlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi "Limitless Specialty Services LLC" MCHJ xodimi Mia King edi.

Dou oila bilan 2017 yil yanvaridan 2019 yil martigacha, King esa 2018 yil mayidan 2019 yil fevraligacha ishlagan. Oila vakili Ben LaBoltening aytishicha, bu da’volar asossiz.

"Biz oilaviy ofisda ishlaydigan professionallar jamoasi bilan faxrlanamiz va hamkasblarimizni nohaq kamsitishga qaratilgan bu ayblovlari asossiz", - dedi LaBolte.

NBC telekanaliga ko‘ra, sud ish bo‘yicha tinglovni tayinlamagan va oiladan hech biri sud oldida rasmiy javob bermagan.

Kiritildi: 14:10 27.10.2021. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!