Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda sudyalar va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklarasiyalashni joriy etish taklif etildi.
Shuningdek, sud apparatida korrupsiyaning oldini olish uchun komplayens nazorat tizimi va ishga qabul qilishning ochiq tartibini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yilda 135 nafar yangi sudya tayinlangan, 59 nafarning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Prezident sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha choralarni davom ettirishni ta’kidladi.