Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Sudyalar daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklarasiya topshiradi

Sudyalar daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklarasiya topshiradi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda sudyalar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi deklarasiyalarni taqdim etish tizimi joriy etiladi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 sentyabrga qadar sudyalar tomonidan Sudyalar oliy kengashiga, 2027 yil 1 mayga qadar esa sud apparati xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari hamda daromadlar va mol-mulki to‘g‘risidagi deklarasiyani Oliy sudga taqdim etish, shuningdek, ularni tekshirish va tahlil qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, sud apparati xodimlari ham daromadlari, mol-mulki va manfaatlar to‘qnashuvi haqida ma’lumot taqdim etishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur choralar sud tizimida shaffoflikni oshirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, Farmonga ko‘ra, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan Komplayens nazorat xizmati tashkil etiladi.

Sud apparati xodimlari kasb mas’uliyatini yanada chuqur his etishlari maqsadida mansab darajasiga ega bo‘lgan sud apparati xodimlari uchun ixtisoslashgan xizmat kiyimini joriy etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!