O‘zbekistonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura va Sudyalar oliy kengashi hamkorligida korrupsiya holati fosh etildi.
Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi va Agrobank Guliston filiali mansabdor xodimi noqonuniy pul talab qilgani aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular tadbirkor ishini sudda “ijobiy hal qilish” evaziga 7 500 dollar so‘rashgan.
Tezkor tadbir davomida bank xodimi 5 500 dollar olayotgan vaqtida ushlangan, so‘ngra sudyaga pul berilayotgan paytda ham ularning harakati to‘xtatilgan.
⚖️ Hozirda ikkala shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.