Sudlarda davlat bojini undirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlarning bir qanchasi bekor qilindi.
Xususan, quyidagilar endilikda sudlarga murojaat qilganida davlat boji to‘laydi:
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda:
iqtisodiy sudlarda:
Shuningdek, Qonun bilan ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladigan toifalar tasdiqlandi. Jumladan, adliya organlari tomonidan davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beradigan arizalari yuzasidan davlat boji undirilmaydi.
Bundan tashqari, davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan bo‘lsa, shu shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilandi.