Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” (26-modda), mazkur normalarga ko‘ra inson huquqlarini faqat sud orqali himoya qilishga erishish asoslari mustahkamlangan. Konstitusiyamizda belgilanganidek, “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas” (25-modda), “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.
Bugungi kunda yurtimizda sud-huquq sohasi va inson huquqlarini himoya qilish borasida sezilarli islohotlar amalga oshirilib, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta’minlovchi huquqiy tizim yaratilmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 24 iyul kuni qabul qilgan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-son farmoni ayni mana shu masalalarning yechimini ko‘rsatib bergani bilan ahamiyatlidir. Unda inson huquqlarini ta’minlashga doir olib borilayotgan davlat siyosati ochiq va shaffofligi, bu boradagi qonunchilik takomillashtirilayotgani hamda odil sudlov tizimini yanada isloh qilish namoyon bo‘lmoqda.
Sud tizimining ichki tuzilmasi ayna shu farmon asosida tartibga solindi. Viloyat sudlarining hozirgi tuzilmasida yagona sud amaliyotini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar mavjud edi. Xususan, bu ko‘proq sudlarning tarqoqligidan fuqarolar va tadbirkorlar sarson bo‘layotgani, alohida faoliyat yuritishi sinovdan o‘tgan xorijiy amaliyotga to‘g‘ri kelmasligi kabi muammolar bilan bog‘liq. Shu bois ham mamlakatimizda viloyat darajasidagi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, yagona umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi.
Joriy yil 1 yanvardan boshlab esa sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatilib, sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish institutini bekor qilindi.
Jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichi joriy etildi.
Fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlariga rioya etish maqsadida yangi tartib, davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitasiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish instituti joriy etildi. Bunda, sudda jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganda shaxsni ayblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lmasa yoki uning aybi tasdiqlanmasa ushbu tartibga rioya etish talab etiladi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda sud ostonasidan kirib kelgan har bir fuqaro adolat barqaror hukm topayotganiga, inson huquqlari davlat himoyasida ekanligiga aniq ishonch hosil qilishi, buning uchun esa sudyalar qonun himoyachisi, adolat atalmish qo‘rg‘onning mustahkam ustunlari bo‘lishi kerak.
Murodillo Qodirov,
Oliy sud katta konsultanti