Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sudanning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qildi

Sudanning yangi bosh vaziri qasamyod qabul qildi

BMTning Afrika uchun iqtisodiy kengashi ijrochi kotibi vazifasini bajaruvchi Abdulloh Hamduk 21 avgust kuni Sudanning uch yil davom etadigan o‘tish davridagi bosh vaziri sifatida qasamyod qabul qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Hamduk o‘zining asosiy ustuvor vazifasi sifatida mamlakatda osoyishtalikni o‘rnatish va iqtisodiy inqirozga qarshi kurashishni tilga oldi. U yangi vazirlar mahkamasi bir hafta ichida shakllanishiga umid bildirdi.

Shuningdek, Sudanning yangi boshqaruv organi – Suveren kengash rahbari Abdulfattoh al-Burhon ham qasamyod qabul qildi. Bu nomzod 11 nomzod ichidan g‘oliblikka erishdi. Mazkur kengash 11 aprelda prezident Umar Bashir ag‘darilgandan keyin tuzilgan Harbiy kengashning o‘rnini egalladi.

 

Kiritildi: 08:35 23.08.2019. O'qildi: 1679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!