Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sud hali davom etishi va Monopoliya ishda yutib chiqishi ham mumkin

Sud hali davom etishi va Monopoliya ishda yutib chiqishi ham mumkin

Bugun ko‘pchilik OAV va blogerlar "Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi", deb axborotni tarqatishdi. Ularda keltirilgan sharhlardan shuni anglash mumkinki, ishning bu tarzda tugaganidan ko‘pchiligining hafsalasi pir bo‘libdi. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri esa, sudda nafaqat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, balki Qo‘mitaga xayrixoh va monopoliyaga qarshi turgan
millionlab yurtdoshlarimiz, Oliy Majlisning xalqparvar  deputatlari ham yutqazdi, deb yozibdi.

Ha, birinchi instansiya sudining qaroriga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishi bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan arizachi “UzAuto Motors” AJ foydasiga shikoyat keltirishda to‘langan davlat boji 2 230 000 so‘m va 20 000 so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlari talablari buzilganligi holati yuzasidan xususiy ajrim ham chiqarildi.

Ammo bu hammasi tugadi, degani emas. Qo‘mitaga xayrixohlar bundan juda o‘ksinmasa ham bo‘ladi. Qo‘mita hali butunlay yutqazgani yo‘q. Birinchi instansiya sudida yutqazdi, xolos. 

Qo‘mita sudning ushbu qaroridan noroziligini bildirib, yuqori instansiya sudiga shikoyat qilish huquqi bor. Zero, Qo‘mita bu huquqidan foydalanishi va keyingi instansiya sudlarida hatto ishni o‘z foydasiga hal qilishi ham mumkin.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga xabar berishicha, qo‘mita sud qarori ustidan shikoyat qiladi.

Olimjon O‘sarov, 
jurnalist, huquqshunos

Kiritildi: 13:48 31.10.2020. O'qildi: 2630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!