Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishida aybdor deb topdi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Sud bayonotida qayd etilishicha, Sarkozi 2005–2007 yillarda jinoiy tashkilotga sheriklik qilgani uchun javobgar deb topilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2007 yilgi prezidentlik saylovoldi kampaniyasi uchun qo‘shimcha mablag‘ olish maqsadida Liviya sobiq rahbari Muammar Qaddafiy bilan “kullisdagi kelishuv” tuzgan.
Shu bilan birga, davlat mablag‘larini o‘g‘irlash va passiv korrupsiyani yashirish kabi ayrim ayblovlar bo‘yicha Sarkozi oqlangani ham ta’kidlandi.