Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi

Sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi



“Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–1152-son, 11.06.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Ushbu Qonunning maqsadi sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

📝 Qonunga ko‘ra, davlat va nodavlat sud eksperti lavozimini oliy ma’lumotga ega, muayyan sud-ekspert ixtisosligi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sud ekspertizasini o‘tkazish huquqini beruvchi guvohnomaga (sertifikatga) ega O‘zbekiston fuqarosi egallashi mumkin.

🔗 Sud ekspertlarining davlat reestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

📁 Sud-ekspertlik faoliyatining tashkiliy shakllari quyidagilar:

▪️ davlat sud-ekspertiza muassasasi;
▪️ nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti;
▪️ sud-ekspertlik byurosi;
▪️ o‘z faoliyatining yo‘nalishi bo‘yicha sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlari;
▪️ sud eksperti sifatida ishtirok etadigan boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs.

☑️ O‘zbekiston sud ekspertlari palatasi (Palata) sud ekspertlarining a’zoligiga asoslangan nodavlat notijorat tashkilotdir.

Kiritildi: Bugun 19:53. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!