Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Suares «Yuventus»ga o‘tish oldidan italyan tilidan imtihon topshiradi

Suares «Yuventus»ga o‘tish oldidan italyan tilidan imtihon topshiradi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin

Manbaning xabar berishicha, bugun 17 sentyabr kuni ertalab urugvaylik forvard «Barselona» safida mashg‘ulotlarda ishtirok etib, keyin Italiyaga jo‘nab ketgan. Perudja shahriga yetib borgan Suares italiyan tili bo‘yicha imtihon topshirish uchun aeroportdan to‘g‘ri universitetga yo‘l olgan. 

Qayd etilishicha, Suares imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa, Yevroittifoq fuqaroligini oladi va «Yuventus» safida yevropalik bo‘lmagan futbolchilar uchun ajratilgan o‘rinlarni band etmaydi. 

Ispaniyada Suares bu borada muammoga ega emasdi – turmush o‘rtog‘i Sofi Balbining Ispaniya fuqarosi ekanligi yetarli edi. Italiyada esa amaldagi qonunchilik normalariga ko‘ra, hujumchi alohida hujjat olishi talab etiladi. 

Avvalroq, Suaresning «Barsa»da qolishi, futbolchi moliyaviy masalalarda «Yuve» rahbariyati bilan kelishuvga erisha olmagani xaqida xabar qilingan edi.

Kiritildi: 08:30 18.09.2020. O'qildi: 2047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!