Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Stoltenbergning o‘rinbosari Rossiya bilan urush haqida: Xudoga shukur, biz NATOdamiz

Stoltenbergning o‘rinbosari Rossiya bilan urush haqida: Xudoga shukur, biz NATOdamiz

Hozirda Rossiyaning NATOning biror bir davlatiga hujum qilish niyati ham, qobiliyati ham yo‘q. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joana ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ittifoqqa qarshi «to‘liq gibrid urush» boshlandi.

«Biz kiberhujumlar, dezinformasiyalar, gibrid urushlar, sabotaj, zo‘ravonlik va qotilliklarni ko‘ramiz. Hozir sodir bo‘layotgan narsa misli ko‘rilmagan murakkablikdagi inqirozlar, texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlarning kombinasiyasidir. Shuning uchun men bir narsani aytishim mumkin: biz NATOga kirganimiz uchun Xudoga shukur», - dedi Joana.

Shuningdek, u NATO hozirda so‘nggi o‘n yilliklarda hech qachon bo‘lmaganidek, mudofaa rejalari va harbiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali moslashish va o‘zgarish jarayonida ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 10:31 11.05.2024. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!