O‘tgan yili Veon (Beeline) xalqaro telekommunikasiya kompaniyasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan edi. Bunda sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa xizmatlarini chekka hududlardagi mobil foydalanuvchilarga yetkazish maqsad qilingan.
Veon (Beeline) kompaniyasi rahbari Kaan Terzioglining aytishicha, Starlink xizmati 2026 yil davomida ushbu kompaniya ishlayotgan uch davlatdan kamida bittasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu davlatlar: Pokiston, Bangladesh va O‘zbekiston. Ya’ni Starlink Beeline tarmog‘iga integrasiya qilinadi.
Hozircha aniq qaysi biri ekani aytilmagan. Lekin O‘zbekiston nomi ham rasman tilga olingan.